Vengriya va Slovakiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketi qabul qilinishini blokladi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Cheklovlarning mazkur paketi qabul qilinganida YeI davlatlariga, jumladan, Slovakiya va Vengriyaga ham Rossiyaning arzon neft xomashyosini xarid qilish taqiqlangan bo‘lardi.
Foto: Adrián Zoltán / 24.hu
Vengriya va Slovakiya Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar TIV rahbarlarining Bryusselda o‘tkazilgan uchrashuvida Rossiyaga nisbatan sanksiyalarning 18-paketi qabul qilinishiga qarshi chiqdi. Bu haqda Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto ma’lum qildi.
«Biz Slovakiya bilan birga sanksiyalarning 18-paketi qabul qilinishiga to‘sqinlik qildik. Mazkur holatda Yevropa Ittifoqi davlatlariga, jumladan, Vengriya va Slovakiyaga ham Rossiya tabiiy gazi va arzon neft xomashyosini xarid qilish taqiqlangan bo‘lardi», - deydi vazir.
Siyyartoning so‘zlariga ko‘ra Vengriya vakillari, shuningdek, Ukrainaga ko‘rsatiladigan moliyaviy yoki harbiy yordamni, shuningdek, harbiy operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor emasliklarini bildirgan.
Yevropa komissiyasi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketini qabul qilishni iyun boshlarida taklif qilgandi. Cheklovlarning yangi paketi Rossiyaning «Shimoliy oqim» gaz quvurlari, allaqachon joriy etilgan sanksiyalarni chetlab o‘tish bilan shug‘ullanayotgan banklar va RF harbiy sanoatiga qaratilgan. Yevrokomissiya, shuningdek, Rossiya nefti uchun eng yuqori narxni barrelli uchun 60 dollardan 45 dollargacha tushirishni taklif qilgan.