Zelenskiy Buyuk Britaniya qiroli bilan uchrashdi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Ukraina prezidenti Britaniyaga tashrifi chog‘ida, shuningdek, bosh vazir Kir Starmer, parlament palatalari spikerlari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Foto: Reuters
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 23 iyun kuni Britaniya qiroli Charlz III bilan uchrashdi, deb yozmoqda Reuters.
Qayd etilishicha, ularning joriy yildagi uchinchi uchrashuvi Vindzor saroyida bo‘lib o‘tgan. Shuningdek, Zelenskiy Britaniya bosh vaziri Kir Starmer, parlamentning har ikki palatasi spikerlari Lindsi Xoyl va lord Jon Makfol bilan ham uchrashuv o‘tkazadi.
«Bugun Britaniyaga tashrifim chog‘ida hamkorlar bilan ancha kuchli umumiy himoyaning asosiga aylanishi kerak bo‘lgan mudofaamiz haqida suhbatlashaman. Shuningdek, bu urush uchun Rossiyaga bosimni kuchaytirish, hujumlarni to‘xtatish maqsadida yangi va qat’iy choralar haqida kelishuvlarga erishamiz», - deb yozadi Ukraina prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Zelenskiy 24 iyun kuni Niderlandiya qiroli NATO yetakchilar uchun tashkil etayotgan rasmiy kechki ovqatga tashrif buyurishi kutilmoqda. Unda AQSh prezidenti Donald Tramp ham qatnashishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Volodimir Zelenskiy qirol Charlz III bilan mart boshlarida uchrashgan edi. Bu Zelenskiy Oq uyda Tramp va vitse-prezident Jyey Di Vens bilan tortishib qolganidan keyin yuz bergandi. Shuningdek, Charlz III va Zelenskiy Osvensim konslagerining ozod etilganiga 80 yil to‘lishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda ham uchrashgan edi.