softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Rossiyada migrantlar uchun rus tili imtihoni qiyinlashtirildi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Rossiyada migrantlar uchun rus tili imtihoni qiyinlashtirildi

Batafsil o'qish:

Rus tilidan tinglash va nutq bo‘yicha bilimni baholovchi topshiriqlar soni oshiriladi. O‘zgarishlar 10 iyuldan kuchga kiradi.

Foto: Mediastok.rf

Rossiyada ishlash va yashash ruxsatnomasi uchun ariza topshirgan chet el fuqarolari uchun imtihonlarda tinglash va nutq topshiriqlarini bajarish talablari o‘zgaradi, deb xabar berdi «Interfaks» «Rosobrnadzor» matbuot xizmatiga tayanib.

«Rus tili, Rossiya tarixi va Rossiya qonunchiligi asoslari bo‘yicha imtihonlarda tinglash va nutq topshiriqlarini bajarishga qo‘yiladigan talablar o‘zgaradi», deyiladi xabarda.

Xususan, ishlash uchun ruxsatnoma yoki patent olish uchun imtihonda tinglash topshiriqlari soni oshirildi; endi ikkita o‘rniga to‘rtta shunday vazifa bo‘ladi. Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tish uchun «Tinglash» bo‘limida to‘planishi kerak bo‘lgan majburiy ballarni belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Tinglash va nutq bo‘limlari uchun ham majburiy ballar o‘rnatildi, ular vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma yoki Rossiyada yashash uchun ruxsat olish bo‘yicha imtihondan muvaffaqiyatli o‘tish uchun to‘planishi kerak.

«O‘zgartirishlar imtihonlarni o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar doirasida, shuningdek, chet el fuqarolari va voyaga yetgan chet el fuqarolarining farzandlarini baholash tartib-taomillarini o‘tkazishga yondashuvlarni sinxronlashtirish maqsadida kiritildi», deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, imtihonni o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar bankini tizimli ravishda ishlab chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 2025 yil 23 iyundan boshlab bankda imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar soni ikki barobarga oshiriladi.

«Rosobrnadzor» xabariga ko‘ra, imtihon o‘tkazuvchi davlat muassasalari tomonidan yangi talablarga muvofiq imtihon o‘tkazish va yangilangan topshiriqlar bankidan foydalanish 2025 yil 10 iyuldan boshlanadi.

«Ushbu chora-tadbirlar rus tilini bilish darajasi bo‘yicha test sinovlari natijalarining xolisligini oshirish hamda Rossiyada yashash va ishlashni xohlovchi xorijiy fuqarolarni bu tilni o‘rganishga rag‘batlantirishga qaratilgan», deyiladi xabarda.