Eron AQShning Qatardagi bazalariga raketa zarbalarini berdi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Eron Amerikaning Al-Udeyd harbiy-havo bazasiga oltita raketa uchirdi. O‘z navbati Qatar Tehron tomonidan uchirilgan raketalarning barchasi tutib qolinganini ma’lum qildi.
Foto: Videodan kadr
Qatar poytaxti Dohada portlash ovozlari yangramoqda — bu ishga tushgan havo hujumidan mudofaa tizimlaridir, deb yozadi Reuters guvohlarga tayanib. Axios ma’lumotlariga ko‘ra, Eron armiyasi AQShning Qatardagi bazalariga oltita raketa yordamida zarba bergan.
Doha janubi-g‘arbida Al-Udeyd harbiy-havo bazasi joylashgan. U yerga AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligining (CENTCOM) tezkor shtabi joylashtirilgan.
Islom inqilobi muhofizlari korpusi bayonotida aytilishicha, Eron Amerikaning Qatardagi Al-Udeyd harbiy-havo bazasiga raketa zarbalarini bergan. Bu AQSh armiyasining mintaqadagi «eng yirik stratetik aktivlaridan biri» hisoblanadi.
Eron Milliy xavfsizlik kengashi zarba yo‘llashda AQSh oldinroq qancha bomba foydalangan bo‘lsa, shuncha raketani qo‘llagan. Eron nishoniga aylangan Amerika bazalari Qatar aholisi yashaydigan shahar obektlaridan uzoqda joylashgani aytilmoqda.
O‘z navbatida Qatar mamlakat havo hujumidan mudofaa tizimlari Eron «hujumini muvaffaqiyatli qaytargani»ni ma’lum qildi.
Qatar 23 iyun kuni kechqurun xavfsizlik nuqtai naziaridan o‘z mamlakati uzra havo makonini vaqtincha yopib, fuqarolarni «keyingi ko‘rsatmalarga qadar pana joyga berkinishga chaqirgan edi. Buyuk Britaniya TIV esa o‘z fuqarolarini BAA va Qatarga borishdan tiyilishga chaqirgan.
22 iyun kuni AQSh Harbiy-havo kuchlari Eron yadro obektlariga zarbalar bergandi. Shundan keyin AQSh razvedasi Eron Amerikaning mintaqadagi bazalariga zarbalar berishi mumkinligidan ogohlantirgan edi.