softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Isroil sobiq bosh vaziri: Netanyahu Eronga hujum bilan G‘azodan e’tiborni chalg‘itdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Isroil sobiq bosh vaziri: Netanyahu Eronga hujum bilan G‘azodan e’tiborni chalg‘itdi

Batafsil o'qish:

Ehud Olmert Yaqin Sharqdagi so‘nggi voqealarga izoh berdi.

Ehud Olmert Foto: Reuters

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Eronga hujumi bilan butun dunyo e’tiborini G‘azo sektoridagi voqealardan chalg‘itishga muvaffaq bo‘ldi. Isroilning sobiq bosh vaziri Ehud Olmert Britaniyaning The Economist jurnaliga bergan intervyusida shu haqda ma’lum qildi.

«G‘azodagi operatsiyani davom ettirish Isroilga muvaffaqiyat keltirmaydi. Buning narxini to‘lashga majbur bo‘ladi. Bu narx -  halok bo‘lgan askarlar, yo‘qotilgan garovga olinganlar, o‘ldirilgan g‘azoliklar va Isroilning xalqaro darajada qo‘llab-quvvatlanishining zaiflashishi», — dedi siyosatchi.

Erondagi vaziyatga to‘xtalar ekan, u Isroil hujumlari «90 milliondan ortiq aholi va ming yillik madaniy merosga ega bo‘lgan davlatni tiz cho‘ktirishi» haqidagi da’volarni «takabburlik va noreal» deb atadi. «Eron Amerika hujumi kabi o‘ta og‘riqli zarbadan keyin ham qulab tushmaydi va parchalanmaydi». 

Olmert Eron hali ham uzoq va qisqa masofaga uchuvchi raketalarning kuchli arsenaliga ega ekanligini eslatdi. Shuningdek, u Eron bilan urush Isroil iqtisodiyotini deyarli butunlay falaj qilganini qayd etdi.