softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Taker Karlson Putinning Ukrainadagi nasistlar haqidagi so‘zlarini tanqid qildi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Taker Karlson Putinning Ukrainadagi nasistlar haqidagi so‘zlarini tanqid qildi

Batafsil o'qish:

Yaqinda Vladimir Putindan intervyu olgan amerikalik boshlovchi Taker Karlson Rossiya prezidentining Ukrainadagi «nasistlar» haqidagi gaplarini keskin tanqid qildi.

Karlson bloger Leks Fridmanning savollariga javob berdi. U undan Putinning Ukrainaga bostirib kirishini oqlash uchun ishlatayotgan «denasifikasiya» haqida qanday fikrda ekanligini so‘radi. Karlson quyidagicha javob berdi:

“Bu men eshitgan eng katta ahmoqona gaplardan biri deb o‘yladim, – dedi Karlson. – U nimani nazarda tutganini tushunmadim. Yana qanday denasifikasiya? Mayli. Putin ukrainalik millatchilarni yoqtirmaydi”. “Putin umuman millatchilikdan nafratlanadi, bu o‘z-o‘zidan e’tiborga loyiq, – deya davom etdi Karlson. – Nega bunday bo‘lgani aniq. Unda 80 ga yaqin respublika bor va u millatchilik harakatlaridan qo‘rqadi. Shu sababli u Chechenistonda urush olib bordi. Men buni tushunaman, lekin menda boshqa narsa bor… Men millatchilikni qo‘llab-quvvatlayman, men Amerika millatchiligi tarafdoriman, shuning uchun bu borada Putinga qo‘shilmayman. Lekin ularni nasistlar deb atash, menga juda bolalarcha tuyuldi”.

Intervyu davomida Leks Fridman Karlson Putinning Ukrainadagi nasistlar haqidagi so‘zlarini haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi deb hisoblasa, nega qarshi chiqmaganini so‘radi. Karlson javob berdi:

“Men bizning pozisiyalarimiz bir-biridan shunchalik farq qilishini his qildimki, biz hech qachon… Men u nima haqida gapirayotganini tushunmayapman, deb o‘yladim. Ammo men u haqiqatan ham bunga ishonganini tushunganimda, o‘zimga shunday dedim: “Jin ursin, bu juda g‘alati eshitiladi”. Siz kimdandir intervyu olganingizda, ular shunga o‘xshash narsalarni aytgan misollarni eslolmayman”.

Putin bilan suhbatda Karlson deyarli o‘tkir savollarni bermadi va Rossiya prezidentining fikrlarini rad etmadi.
Manba: www.aniq.uz