softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Putin Rossiyada milliy messenjer yaratish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Putin Rossiyada milliy messenjer yaratish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Batafsil o'qish:

Hozirda RFning barcha darajadagi ta’lim muassasalari tomonidan foydalanilayotgan ta’lim servislari va chatlar ham ushbu messenjerga ko‘chiriladi.

Foto: Getty images

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda milliy messenjerni yaratishni nazarda tutuvchi «ma’lumotlar almashinuvi bo‘yicha ko‘p funksionalli servis to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Hujjat huquqiy axborotlar rasmiy portaliga joylashtirildi.

Rossiya Davlat dumasi 10 iyunda milliy messenjerni yaratish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilgandi. Ta’kidlanishicha, milliy messenjer yordamida foydalanuvchilar ilova orqali o‘zlarining elektron imzolari bilan hujjatlarni tasdiqlay oladi. Shuningdek, foydalanuvchilar undan qog‘oz hujjatlar o‘rniga o‘z shaxsi, yoshi, imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlashda ham foydalanishlari mumkin.

Davlat Dumasi tomonidan qonun qabul qilinganidan so‘ng ma’lum qilinishicha, «hozirda barcha darajadagi ta’lim muassasalari tomonidan foydalanilayotgan ta’lim servislari va chatlar»ni ham ushbu messenjerga ko‘chirish rejalashtirilgan.

Ko‘p funksiyali servis yaratish va uning faoliyatini ta’minlash bilan shug‘ullanadigan tashkilotni tanlash Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklatilgani prezident farmonida qayd etilgan.

Meduza’ning taxminicha, VK tomonidan ishlab chiqilgan Max servisi davlat messenjeriga aylanadi. Max Xitoyning WeChat ilovasiga o‘xshab ketadi — u messenjer, ijtimoiy tarmoq, qidiruv va to‘lov tizimlarini o‘zida birlashtirgan bo‘lib, bir necha bor foydalanuvchilarni kuzatish hamda senzurada ayblangan.