softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Eronning «Basij» maxsus xizmati rahbari halok bo‘ldi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Eronning «Basij» maxsus xizmati rahbari halok bo‘ldi

Batafsil o'qish:

General Muhammad Taki Yusefvand Isroilning Tehronga uyushtirilgan hujumi qurboniga aylandi. U «Basij» xizmatini boshqarib kelayotgandi.

Eronda «Basij» xizmati — Islom inqilobi muhofizlari korpusi bo‘linmasi rahbari o‘ldirildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, general Muhammad Taki Yusefvand Isroil tomonidan 23 iyun kuni Tehronga uyushtirilgan hujum oqibatida halok bo‘lgan.

24 iyun kuni ertalab Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu kanselyariyasi bir kun oldin mamlakat armiyasi «Basij» tuzilmasining «yuzlab jangchilarini yo‘q qilgani» to‘g‘risida xabar bergandi. Bayonotda ular «terrorchilik rejimning repressiv quroli» deb atalgan.

«Basij» Islom inqilobi muhofizlarining asosiy beshta bo‘linmasidan biri hisoblanadi. Xizmat Eronning aksariyat shaharlarida o‘z bo‘linmasiga ega va aholini safarbar qilish hamda harbiy tayyorgarlik, mafkuraviy tarbiya, shuningdek, ichki xavfsizlikka mas’ul hisoblanadi.

Eronning Isroilga qarshi harbiy amaliyotlari bugun, 24 iyun kuni mahalliy vaqt bilan ertalab soat 04:00 da yakunlandi. «Qudratli qurolli kuchlarimizning Isroilni tajovuzkorligi uchun jazolashga qaratilgan harbiy amaliyotlari so‘nggi daqiqagacha, ertalabki soat 4 gacha davom etdi», — deyiladi mamlakat tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchining postida. Shu bilan birga, diplomat o‘z mamlakatini «so‘nggi tomchi qonigacha himoya qilishga» va dushmanning har qanday hujumiga so‘nggi daqiqagacha javob berishga tayyor bo‘lgan Eron harbiylariga minnatdorchilik bildirdi.