softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

AQShga San-Diego orqali 2500 dan ortiq o‘zbekistonlik noqonuniy kirdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

AQShga San-Diego orqali 2500 dan ortiq o‘zbekistonlik noqonuniy kirdi

Batafsil o'qish:

AQSh bojxona va chegara himoyasi (CBP) oktyabrdan buyon San-Diego orqali AQShga 2500 dan ortiq o‘zbekistonlik noqonuniy kirganini ma’lum qildi. Bu haqda Fox News xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-fiskal yili 1 oktyabrda boshlanganidan beri jami 140,000 ga yaqin noqonuniy immigrantlar San-Diego sektorini kesib o‘tgan. Bunda Meksika fuqarolariga qaraganda ko‘proq Xitoy fuqarolari yetakchilik qilmoqda. Quyidagi suratda qaysi davlat fuqarolari San-Diego sektoriga noqonuniy ravishda o‘tganini ko‘rish mumkin:



Oktyabr oyidan beri San-Diego sektorini Mavritaniya davlatidan 2500, O‘zbekistondan 2500, Afg‘onistondan 1600, Rossiyadan 850, Tojikistondan 500, Qirg‘izistondan 400 va Turkiyadan 6100 kishi noqonuniy kesib o‘tgan. Tegishli statistika asosida o‘zbekistonliklar Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari fuqarolariga nisbatan bu borada yetakchi ekanini ko‘rish mumkin.

Ushbu mamlakatlar fuqarolari qo‘lga olingandan so‘ng, qo‘shimcha federal tekshiruvdan o‘tishi kutilmoqda. Jami 2023-fiskal yilida 2,4 million muhojir sektorni noqonuniy kesib o‘tib, rekord o‘rnatgan bo‘lsa, 2024 yilda bu ko‘rsatkich hozirgacha 961 mingdan oshmoqda.


Manba: www.aniq.uz