softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

AQSh O‘zbekiston fuqarolarining viza arizalarini qariyb 65 foizini rad etdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

AQSh O‘zbekiston fuqarolarining viza arizalarini qariyb 65 foizini rad etdi

Batafsil o'qish:

O‘tgan yili B-1/B-2 tashrif vizasini olish uchun ariza bergan o‘zbekistonliklarning 64,41 foiz rad javobini olgan. Bu Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkich.

Foto: Arizona Mirror

AQSh 2024 fiskal yili uchun O‘zbekiston fuqarolarining B-1/B-2 tashrif vizasiga arizalarining 64,41 foizini rad etgan. Davlat departamenti e’lon qilgan hisobotga ko‘ra, bu Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lgan.

Xususan, B1/B2 – sayyohlik va ishbilarmonlik vizalarini olish uchun murojaat qilgan Turmaniston fuqarolarining 58,8 foiziga, Qozog‘iston fuqarolarining 46,29 foiziga, Tojikiston fuqarolarining 45,24 foiziga, Qirg‘iziston fuqarolarining esa 39,14 foizga rad javobi berilgan.

Qayd etilishicha, 2023 yilda B toifadagi vizani olish uchun ariza bergan o‘zbekistonliklarning 59,56 foiziga rad javobi berilgandi. O‘shanda ham O‘zbekiston bu borada Markaziy Osiyoda «birinchi» bo‘lgan.

Dunyo bo‘yicha eng ko‘p arizasi rad etilgan mamlakat — bu Laos (82,84 foiz). Oxirgi beshlikka, shuningdek, Gvineya-Bisau (76,59 foiz), Senegal (74,65 foiz), Somali (77,02 foiz) va Gvineya (70,25 foiz) kiradi. Eng kam rad javobini olganlar — BAA (1,46 foiz), Kipr (2,16 foiz) va Ruminiya (2,61 foiz).

Ma’lumot uchun, AQShning B1/B2 vizalari qisqa muddatli safarlar, jumladan, turizm, qarindoshlar bilan uchrashuv, shuningdek, davolanish va ish uchrashuvlari uchun beriladi.

Avvalroq AQShning Toshkentdagi elchixonasi ta’lim yoki almashinuv dasturlarida ishtirok etish uchun ariza topshirmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolaridan – barcha ijtimoiy tarmoq akkauntlaridagi maxfiylik sozlamalarini «ommaviy» holatga o‘tkazishni so‘ragandi. Elchixonaga ko‘ra, bu talab AQShga kirish huquqini aniqlash uchun zarur bo‘lgan tekshiruvni osonlashtirish maqsadida» bo‘lib, ushbu ma’lumotni kiritmaslik kelgusida viza olish huquqidan mahrum bo‘lishga olib kelishi mumkin.