softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Tramp Eronga berilgan zarbalarni Xirosima va Nagasaki portlashlariga qiyosladi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Tramp Eronga berilgan zarbalarni Xirosima va Nagasaki portlashlariga qiyosladi

Batafsil o'qish:

Bu zarbalar urushni nihoyasiga yetkazdi, dedi u.

Foto: AP

Donald Tramp Amerikaning Eron yadro inshootlariga bergan zarbalarini Ikkinchi jahon urushi davridagi Xirosima va Nagasaki shaharlariga tashlangan atom bombalariga qiyosladi.

«Men Xirosima yoki Nagasakini misol tariqasida keltirmoqchi emasman, lekin mohiyatan bu xuddi shu narsa - bu urushni nihoyasiga yetkazdi», dedi AQSh prezidenti Haagadagi NATO sammitida.

Tramp so‘zlariga ko‘ra, Amerika bombardimonlari nafaqat Isroil va Eron o‘rtasidagi urushni tugatdi, balki Isroilning G‘azo sektoridagi Hamasga qarshi urushida muvaffaqiyatga erishishga yordam berishi mumkin.

«O‘ylashimcha, G‘azo bo‘yicha katta taraqqiyot bo‘ldi. O‘ylaymanki, biz amalga oshirgan hujum tufayli bizni juda yaxshi yangilik kutmoqda», dedi u.

Prezident, shuningdek, AQSh zarbalari Eronning yadroviy dasturini bir necha oy orqaga surgani haqidagi oshkor qilingan razvedka ma’lumotlari aniq emasligini ta’kidlashda davom etdi. Tramp Fordo, Natanz va Isfaxondagi zavodlarga yetkazilgan zararni Isroil o‘z bahosini bermaguncha to‘liq sharhlab bo‘lmasligini ta’kidladi.

AQSh 22 iyunga o‘tar kechasi Eronning Isfahon, Natanz va Fordodagi uchta yadroviy obektiga zarba berdi. Shundan beri Tramp Eronning yadroviy dasturi yo‘q qilinganini bir necha bor ta’kidlagan. AQSh Mudofaa vaziri Pit Hegset ham zarbadan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida «Eronning yadroviy ambitsiyalari butunlay yo‘q qilinganini» aytdi.

Shu bilan birga, CNN va NYT nashrlari AQSh razvedkasining dastlabki ma’lumotlariga tayanib, AQSh zarbalari Eron yadroviy materialining ozgina qismini yo‘q qilganini, Tehron esa boyitilgan uran zaxiralarining katta qismini ko‘chirishga va yashirishga muvaffaq bo‘lganini, bundan tashqari, AQSh tomonidan urilgan nishonlar Tramp ma’muriyati kutganidek zarar ko‘rmaganini ma’lum qildi. Bunga javoban AQSh prezidenti ommaviy axborot vositalarini tanqid qildi va bu xabarlarni «soxta» deb atadi.