softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Isroil Eron yadro inshootlariga yetkazilgan zararni «nihoyatda jiddiy» deb baholadi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Isroil Eron yadro inshootlariga yetkazilgan zararni «nihoyatda jiddiy» deb baholadi

Batafsil o'qish:

Shu bilan birga, razvedka xizmatlari Eron yadroviy ishlanmalariga yetkazilgan zarar haqida hali yakuniy xulosaga kelmagan.

Foto: Maxar Technologies

 

Isroil razvedka xizmatlari Eron yadroviy inshootlariga yetkazilgan zararni baholadi, deb yozdi Axios isroillik manbalarga tayanib.

«Biz operatsiya muvaffaqiyatsiz o‘tgan deb o‘ylamaymiz va bizda bunker bombalari portlamay qolgani haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Hech kimning hafsalasi pir bo‘lmadi», dedi manbalardan biri.

Shu bilan birga, nashr manbalarining ta’kidlashicha, razvedka xizmatlari Eron yadroviy ishlanmalariga yetkazilgan zarar haqida hali yakuniy xulosaga kelmagan.

Shu munosabat bilan, manbalardan biri ta’kidlaganidek, AQSh razvedkasining zarbalar Eron yadroviy dasturini atigi bir necha oy orqaga surgani haqidagi dastlabki hisob-kitoblari hayratlanarli. Manbalardan biri bunday xulosalar chiqarishga hali erta, deb hisoblaydi.

24 iyun kuni SNN va The New York Times AQSh razvedkasining dastlabki xulosalarini e’lon qildi, unga ko‘ra, AQSh zarbalari Eron yadroviy materialining ozgina qismini yo‘q qilgan, Tehron esa boyitilgan uran zaxiralarining katta qismini ko‘chirishga va yashirishga muvaffaq bo‘lgan. Bundan tashqari, AQSh tomonidan zarba berilgan obektlar Tramp ma’muriyati kutganidek zarar ko‘rmadi, deyiladi xabarda. AQSh prezidenti bu ommaviy axborot vositalarini tanqid qildi va nashrlarni «soxta xabar tarqatuvchi» deb atadi.