softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Zelenskiy Tramp bilan NATO sammitida uchrashdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Zelenskiy Tramp bilan NATO sammitida uchrashdi

Batafsil o'qish:

Ular qanday qilib o‘t ochishni to‘xtatish va haqiqiy tinchlikka erishish, Ukrainada odamlarni qanday himoya qilish haqida gaplashgan.

Foto: AFP

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 25 iyun kuni AQSh rahbari Donald Tramp bilan NATO sammitida uchrashdi.

«Prezident Tramp bilan uzoq va mazmunli uchrashuv bo‘ldi. Barcha muhim masalalarni qamrab oldi... Biz qanday qilib o‘t ochishni to‘xtatish va chinakam tinchlikka erishish haqida gaplashdik. Biz xalqimizni qanday himoya qilish haqida gaplashdik. Biz tinchlikni yanada yaqinlashtirishga yordam berishga bo‘lgan e’tibor va tayyorlikni qadrlaymiz. Tafsilotlar – keyinroq», deb yozdi Zelenskiy ijtimoiy tarmoqda.

Zelenskiy va Trampning NATO sammiti doirasidagi uchrashuvi taxminan 50 daqiqa davom etdi.

Avvalroq, Tramp NATO sammitida Zelenskiy bilan uchrashishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi. U Ukraina prezidentini «ajoyib yigit» deb atadi va u bilan muammolarni muhokama qilishga va’da berdi.

Ukraina va AQSh prezidentlarining avvalgi suhbati shu yil aprel oyida Vatikanda yuzma-yuz bo‘lib o‘tgan edi. Uchrashuv taxminan 15 daqiqa davom etdi.