softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Eron o‘z yadroviy inshootlari jiddiy shikastlanganini tan oldi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Eron o‘z yadroviy inshootlari jiddiy shikastlanganini tan oldi

Batafsil o'qish:

Ular bir necha bor hujumga uchragani sababli jiddiy zarar ko‘rgan.

Foto: Maxar Technologies

Eron tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Baqoiy Al-Jazira telekanaliga bergan intervyusida mamlakat yadroviy inshootlari Isroil va AQSh zarbalari oqibatida «jiddiy zarar ko‘rganini» aytdi.

«Ha, bizning yadroviy inshootlarimiz jiddiy zarar ko‘rgan. Bu haqiqat, chunki [ular] bir necha bor hujumga uchradi», dedi Baqoiy. U boshqa tafsilotlarni keltirmadi.

O‘z navbatida, Axios muxbiri Barak Ravid Isroilning atom energiyasi bo‘yicha komissiyasi xulosalari aks etgan hujjatni e’lon qildi. Xususan, Amerikaning Fordo yadroviy inshootiga zarbasi «uning muhim infratuzilmasini vayron qilgani va uranni boyitish inshootini ishdan chiqarganini» da’vo qilmoqda.

«Biz ishonamizki, Eron yadroviy inshootlariga AQSh bilan Isroil zarbalari birgalikda Eronning yadro qurolini yaratish qobiliyatini yillar davomida to‘xtatib qo‘ydi», dedi komissiya.

The New York Times gazetasining yozishicha, AQSh razvedkasi Eronning uchta yadroviy inshootiga berilgan zarbalar mamlakatning yadro quroliga ega bo‘lish yo‘lidagi taraqqiyotini atigi bir necha oyga orqaga surgan degan xulosaga kelgan. Razvedka, shuningdek, AQSh zarbalari Fordo tog‘i ichidagi yadroviy inshootning elektr tizimiga zarar yetkazgan, biroq majmua vayron bo‘lmagan, deb hisoblaydi.

Keyinchalik, prezident Donald Tramp AQSh harbiy razvedkasi xulosalarini chop etgan ommaviy axborot vositalarini tanqid qildi.

«Feyk xabarlar tarqatuvchi CNN va omadsiz The New York Times tarixdagi eng muvaffaqiyatli harbiy zarbalardan birini kamsitishga harakat qildi. Eronning yadroviy inshootlari butunlay vayron bo‘ldi!», dedi Tramp.