G‘azoda qurbonlar soni 30 mingdan oshdi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Isroil HAMAS yetakchilari gumanitar ob’ektlar ostidagi tunnelda yashiringanini ma’lum qildi va G‘azo sektori janubiga kirishda davom etmoqda. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, anklavda halok bo‘lgan falastinliklar soni 30 mingdan oshdi, deb yozadi Euronews.
G‘azo sektorida halok bo‘lgan falastinliklar soni 30 mingdan oshdi, 70 mingdan ortig‘i yaralandi.
Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
"Bu dahshatli zo‘ravonlik va azob-uqubatlarni to‘xtatish kerak", – dedi Gebreyesus o‘z nutqida.
JSST tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining hisob-kitoblariga asoslanib, BMT tuzilmalari tomonidan ishonchli deb hisoblanadi.
Isroil G‘azo sektori janubidagi hujumlarini davom ettirmoqda.
Manba: www.aniq.uz