O‘zbekistonning yangi elchisi Kuvayt tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
O‘zbekistonning yangi tayinlagan elchisi Ayubxon Yunusov Kuvayt tashqi ishlar vaziri Abdulloh Ali al-Yahyoga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi. Bu haqda «Dunyo» xabar berdi.
Unga ko‘ra, Kuvayt tashqi siyosat idorasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki tomonlama yaqin hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ilm-fan, ta’lim va madaniy-ma’rifiy sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni yanada chuqurlashtirish, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish yo‘nalishlarida hamkorlik jadallashtirish muhimligi alohida ta’kidlandi.
Tomonlar, shuningdek, joriy yilda rejalashtirilgan tadbirlar jadvalini ham ko‘rib chiqdi.
Suhbat yakunida Kuvayt tashqi ishlar vaziri O‘zbekiston elchisini mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan qutlab, diplomatik faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Ayubxon Yunusov 6 fevral kuni Kuvayt poytaxtiga tashrif buyurgan edi. Kuvaytga tayinlanishidan oldin u O‘zbekiston TIVning Konsullik-huquqiy departamenti boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Manba: www.aniq.uz