softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Insoniyat tarixidagi eng yirik vulqon izlari topildi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Insoniyat tarixidagi eng yirik vulqon izlari topildi

Batafsil o'qish:

Olimlar insoniyat tarixidagi eng yirik vulqon otilishini aniqladilar. Bu 7300 yil oldin Yaponiyaning Kyushyu oroli yaqinida sodir bo‘lgan.

Kaziinform xabariga ko‘ra, otilish manbai suv ostidagi Kikai vulqoni bo‘lgan. Oxirgi 140 000 yil ichida u kamida uchta kuchli kataklizmlarni keltirib chiqargan. Yangi tadqiqotda olimlar ohirgisining kuchini baholadilar.

Olimlar seysmik ma’lumotlardan foydalanib, vulqon atrofidagi dengiz tubining batafsil xaritasini tuzdilar.

Tadqiqot 4500 kvadrat kilometrlik vulqon shishasi qatlami mavjudligini aniqladi.

Vulqon chiqindilarining umumiy hajmi 332-457 kub kilometrga cho‘zilgan. Ular AQShning g‘arbiy qismidagi Taxo ko‘lini ikki marta to‘ldirishga yetadi.

Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, Kikai otilishi taxminan 12 000 yil oldin boshlangan va hozirgi kungacha davom etgan "Golosenning eng katta otilishi" bo‘lishi mumkin. Bu butun sivilizasiyani yo‘q qilgan Santorinidagi Minoan otilishidan kattaroqdir, deya xabar beradi Live Science.
Manba: www.aniq.uz