Parijda Olimpiya shaharchasi faoliyatini boshladi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Fransiya poytaxtida o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari boshlanishiga besh oyga yaqin vaqt qolganda Parij shahri Sen-Deni mavzusidagi Olimpiya shaharchasi ochildi.
Majmuaning ochilish marosimida ishtirok etgan Prezident Emmanuel Makron yetti yil davomida qurilgan maskan to‘rt yillik o‘yinlari markazi bo‘lishini ta’kidladi.
Bir vaqtning o‘zida 14 500 sportchi va ularning hamrohlarini qabul qila oladigan majmua Sen-Deni va Sen-Ouen o‘rtasidagi 52 gektar maydonni egallagan bo‘lib, 82 bino, 3000 xonadon, 7200 xonadan iborat.
Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlaridan so‘ng barpo etish uchun hukumat tomonidan 646 million yevro yo‘naltirilgan shaharchadagi 2800 xonadonning uchdan bir qismi xususiy mulkdorlarga sotilishi rejalashtirilgan.
Manba: www.aniq.uz