AQShda o‘zbekistonliklarning haqiqiy diasporasi paydo bo‘ldi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Oybek Hamroyev rahbarligidagi viloyat delegasiyasi 18-25 fevral kunlari xizmat safari bilan AQShda bo‘ldi. Safar davomida mamlakat poytaxti va bir necha shtatlarida iqtisodiy, savdo, IT, madaniy va turizm sohalarida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida muloqot va taqdimotlar o‘tkazildi.
- Ana shu tadbirlarning qiziqarli, samarali bo‘lishini ta’minlashga munosib hissa qo‘shganligi, amerikalik sarmoyadorlarda Samarqand viloyati bilan hamkorlikka katta qiziqish uyg‘otganligi va viloyatimiz delegasiyasiga e’tibori, hurmati uchun O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasiga, Amerikada yashayotgan samarqandliklarga va Buxoro yahudiylari kongressi faollariga chuqur minnatdorlik bildiraman, -- deb yozdi viloyat hokimi E.Turdimov hokimlik sahifasida. -- “THE BUKHARIAN TIMES” gazetasi jamoasiga esa, “Hamma yo‘llar Samarqandga eltadi” shiori ostida turkum maqolalar bilan delegasiya faoliyatini keng yoritganligi, targ‘ibot qilganligi uchun alohida tashakkur aytmoqchiman.
Mamnuniyat bilan aytamanki, endilikda AQShda o‘zbekistonliklarning haqiqiy diasporasi paydo bo‘ldi. Ular xorijda xalqimiz an’analariga rioya etgan holda ishlab, yashab, farzandlarini ham ana shu ruhda tarbiyalamoqdalar. Bu juda quvonarli holat. Chunki ular mashaqqatli mehnatlari, intellektual salohiyat evaziga daromad va obro‘ topib, Yangi O‘zbekistonning investorlariga aylanmoqdalar, desam, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Mamlakat modernizasiyasiga ko‘maklashishda vatandoshlarimizda ulkan salohiyat bor, shu sababli biz ularning jonajon Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida hamkorligini qo‘llab-quvvatlaymiz.
Manba: www.aniq.uz