Rossiya yozda Ukraina mudofaasini yorib o‘tishi mumkin
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Bloomberg nashrining yozishicha, Ukraina Rossiya yozgacha mamlakat mudofaasini yorib o‘tishidan xavotirlanmoqda.
Ukraina rasmiylari, agar ittifoqchilar o‘q-dorilar yetkazib berishni ko‘paytirmasa, yozgacha Rossiya hujumi jiddiy sur’atga ega bo‘lishidan xavotirda.
Ukraina razvedkasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin yirik shaharlarni, jumladan, Kiyev va Odessani qo‘lga kiritishdek azaliy maqsadidan qaytmaganini taxmin qilmoqda.
"Agar Rossiya qo‘shinlari Odessaga yetib borsa, ular Ukrainaning Qora dengiz orqali o‘tadigan muhim don eksporti yo‘llarini to‘sib qo‘yishi, shuningdek, Moldovaga yo‘l ochishi mumkin. Bu yerda tan olinmagan Dnestrbo‘yi Respublikasi chorshanba kuni siyosiy yordam so‘rab Moskvaga murojaat qilgan", — deyiladi xabarda.
29 fevral kuni Federal majlisga qilgan murojaati chog‘ida Putin 2022 yil fevralida bosqin boshlanishida qo‘yilgan maqsadlarga hali ham erishishni rejalashtirayotganini yana bir bor ta’kidladi, deb yozdi Bloomberg.
Manba: www.aniq.uz