Bolgariya sodiqlik sabab Rossiya neftidan voz kechdi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Bolgariya Yevropa Ittifoqining Rossiya neftiga qo‘ygan taqiqi doirasida mazkur davlatdan neft import qilishni to‘xtatdi. Bu haqda The Kyiv Independent nashri xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Bolgariya 1 martdan boshlab rasman Rossiyadan neft importini to‘xtatgan. Hukumat bu qarorni Yevropa davlatlari umumiy maqsadlariga sodiqlik deb baholagan.
Oldinroq Bolgariya bosh vaziri Nikolay Denkov Kiyevda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashgan edi. Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida aloqalarni mustahkamlash hamda Rossiya bilan iqtisodiy aloqalarni maksimal cheklash haqida gap borgan.
Manbada aytilishicha, Bolgariya hukumati o‘zining tarixiy ittifoqchisi bo‘lgan Rossiyadan yuz o‘girgani sari, Rossiya razvedkasining mamlakatga kirib kelishi bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda. Hukumat mamlakatda Rossiya maxsus xizmatlarining razvedkachilari faollashayotganini ma’lum qilgan.
Manba: www.aniq.uz