Isroilning Rafahdagi qochqinlar lageriga uyushtirgan hujumida 11 nafar g‘azolik halok bo‘ldi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Isroil armiyasi 2 mart kuni Rafahdagi qochqinlar lageriga hujum uyushtirdi. Hujum oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.
Hujum Rafahning Tal Al-Sulton aholi punktidagi tug‘uruqxona darvozasi oldida joylashtirilgan chodirlarda boshpana topgan g‘azoliklarga nisbatan uyushtirilgan. G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi bildirishicha, hujumda 50 ga yaqin odam, jumladan, bolalar jiddiy jarohat olgan.
CNN nashri izoh uchun Isroil mudofaa kuchlari bilan bog‘lanishga uringan. Ammo Isroil harbiylari jurnalistlar so‘roviga javob bermagan.
Eslatib o‘tamiz, 2 mart kuni Isroil havo kuchlari G‘azodagi Dayr al-Baloh va Jabaliya hududlarini nishonga olgan edi. Bu hujumlarda 17 kishi halok bo‘lgani va 50 ga yaqin falastinlik jarohatlangani xabar qilingandi.
Manba: www.aniq.uz