Isroil G‘azo sektorida olti haftalik sulh tuzishga tayyor – OAV
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
"Tel-Aviv mintaqada vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifning ko‘p jihatlarini qabul qildi", — deya ma’lum qildi AQSh prezidenti ma’muriyatining yuqori martabali rasmiysi jurnalistlarga.
"Endilikda HAMAS kelishuv kuchga kirishi uchun garovga olinganlarning bir qismini ozod qilishga rozi bo‘lishi kerak. Isroil birinchi navbatda eng zaif guruhlar bemorlar, yaradorlar, keksalar va ayollarni ozod qilishga intilmoqda", — deya qo‘shimcha qildi Oq uy vakili.
CNN ma’lumotlariga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish haqida kelishuvga erishilgan taqdirda, sulhni amal qilish muddatini uzaytirish va tinchlikni mustahkamlash uchun muzokaralar davom ettiriladi.
Manba: www.aniq.uz