BAAda havo harorati rekord darajada pasaydi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Birlashgan Arab Amirliklarida 2 mart kuni havo harorati eng past darajani qayd etdi. Ras al-Xaymadagi Jebel Jais tog‘ida termometr +2,3 darajagacha pasaydi. Bu haqda Daryo xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, 2 mart kuni mamlakatdagi boshqa eng past haroratlar Jabal Al-Rahba va Mebre tog‘ida mos ravishda 4,5 va 5,5 darajada kuzatilgan. BAA rasmiylari yaqinlashib kelayotgan noqulay ob-havo tufayli odamlarni transport vositalarini himoya qilishga chaqirgan. Al-Ayn shahrida ko‘plab haydovchilar do‘l yog‘ishidan himoya qilish uchun mashinalariga matras, odeyal va gilam yopgan.
Fevral oyida Al-Ayn shahrida kuchli do‘l yog‘ib, uylar va avtomobillarga jiddiy zarar yetkazgandi. Jumladan, ko‘plab uylarning oynalari singan, avtomobillarning old oynalari darz ketgan, mashina kuzovida izlar qolgan.
BAA Milliy meteorologiya markazi sinoptiklari 4 va 5 mart kunlari momaqaldiroq chaqib, yomg‘ir yog‘ishini prognoz qilmoqda.
Manba: www.aniq.uz