Vengriya Bosh vaziri AQShda Bayden o‘rniga Tramp bilan uchrashadi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
AQSh prezidenti Jozef Bayden bilan uchrashuv hozircha Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning AQShga tashrifi dasturiga kiritilmagan. Bu haqda “Index” nashri ma’lum qildi, deb yozadi “Report” .
Vengriya hukumati rahbari matbuot kotibi Bertalan Xavashining aytishicha, Orbanning tashrifidan asosiy maqsad AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv bo‘ladi.
Orban 8 mart kuni Trampga Floridadagi Mar-a-Lagodagi saroyida tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. 7 mart kuni u Vashingtonda bo‘ladi va u erda Heritage Foundation tahlil markazida nutq so‘zlaydi.
Vengriya bosh vaziri 2021-yil yanvarida lavozimga kelganidan beri Bayden bilan uchrashmagan.
Manba: www.aniq.uz