softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Ilon Mask ChatGPT ishlab chiqaruvchisini sudga berdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Ilon Mask ChatGPT ishlab chiqaruvchisini sudga berdi

Batafsil o'qish:

Amerikalik milliarder Ilon Mask ChatGPT ishlab chiqaruvchisi OpenAI kompaniyasi ustidan sudga murojaat qildi. Bu haqda Courthouse News Service xabar berdi.

Maskning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya insoniyat manfaati uchun ishlab chiqilishi kerakligi haqidagi shartni buzgan. Jumladan, OpenAI o‘z texnologiyasining dastabki kodini (isxodniy kod) ochiq qoldirishi kerak edi, biroq Microsoft bilan hamkorlikdan so‘ng kompaniya uni yashirgan va korporasiyaning “de-fakto sho‘ba korxonasi”ga aylangan.

OpenAI dunyodagi eng yirik texnologik kompaniya — Microsoft’ning amalda de-fakto sho‘ba korxonasiga aylantirildi. Uning rahbarligi ostida kompaniya insoniyat manfaati uchun emas, balki Microsoft foydasini maksimal darajada oshirish uchun sun’iy intellektni takomillashtirmoqda, — deydi Mask sudda.

Miliarder da’vosida OpenAI prezidenti Greg Brokman va bosh direktori Sem Altman ayblanuvchi sifatida ko‘rsatilgan. Mask Microsoft kompaniyasining sun’iy intellekt texnologiyasidan foyda olishni to‘xtatishni talab qilib, dastlabki kodni ochiq qoldirishni so‘ramoqda.

Maskning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellektning insonning kognitiv darajasida avtonom ishlashga mo‘ljallangan turi OpenAI’ning asosiy maqsadi bo‘lgan va GPT-4 da namoyish etilgan. GPT-4 2023 yilning mart oyida chiqarilgan, biroq avvalgilardan farqli o‘laroq, yopiq model bo‘lib qolmoqda – buni insoniyat manfaatlaridan ko‘ra tijorat nuqtayi nazaridan kelib chiqqan harakat, deb hisobdaydi Mask

Uning ta’kidlashicha, hozirgi OpenAI kengashi a’zolari texnologiyani qo‘llab-quvvatlaydigan va tushunadigan olimlar va tadqiqotchilar emas.
Manba: www.aniq.uz