AQSh harbiylarini Ukrainaga yuborish sharti aytildi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
AQSh prezidenti Jo Bayden ikkinchi muddatga qayta saylansa, Ukrainaga Amerika qo‘shinlarini yuboradi. Bu haqda amerikalik milliarder Devid Saksga tayanib, “Izvestiya” xabar berdi.
“Bayden dastlab uchinchi jahon urushi boshlanishiga olib kelishi mumkinligi sababli Ukrainaga F-16, Abrams tanklari va uzoq masofaga uchuvchi raketalarni yuborishga qarshi chiqqan edi. U bularning barchasini allaqachon yuborgan”, — dedi milliarder.
“Yagona tabu”, deydi u, AQSh quruqlikdagi qo‘shinlarini yuborishi bo‘lib qolmoqda. Biroq milliarderning qo‘shimcha qilishicha, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron allaqachon bu mavzuni ko‘targan. Bundan tashqari, Ukrainada NATO maxsus kuchlari faoliyat yuritayotgani haqida ma’lumotlar bor.
“Bayden buni saylovdan oldin qilolmaydi. Lekin u qayta saylansa, Ukrainaga quruqlikdagi qo‘shinlarini yuborishiga shubham yo‘q”, — deydi u.
Manba: www.aniq.uz