Qozog‘istonda ayol erini o‘ldirish uchun qotil yolladi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida polisiya yollanma qotillikda gumonlanganlarni qo‘lga oldi. Jinoyat tashkilotchisi mulkni eri bilan bo‘lishishni istamagan ayol hisoblanadi. Bu haqda Polisia.kz xabar berdi.
G‘arbiy Qozog‘iston viloyatining ikki nafar fuqarosi rejalashtirilgan jinoyat joyida qo‘lga olingan. Jinoyat tashkilotchisi eri bilan mulkni bo‘lishishni istamagan va shu sababli uni o‘ldirish uchun pul to‘lagan ayol ekani aniqlangan.
Polisiya gumonlanuvchilardan dalillarni musodara qilgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayol qurol sotib olish va qotillikni amalga oshirish uchun 1,3 million tenge (taxminan 2 ming 900 dollar) bergan. Hozirda qotillikka suiqasd bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumonlanuvchilarga 20 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin. Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanuvchining hayoti xavf ostida emas va u xavfsiz. Boshqa ma’lumotlar tergov manfaati uchun oshkor etilmaydi.
Manba: www.aniq.uz