softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Isroil G‘azoda yana gumanitar karvonni o‘qqa tutdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Isroil G‘azoda yana gumanitar karvonni o‘qqa tutdi

Batafsil o'qish:

Isroilning Dayr al-Balohda yordam tarqatuvchi yuk mashinasiga bergan zarbasi oqibatida kamida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, ko‘plab odamlar yaralandi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Hodisaga guvoh bo‘lganlardan biri hudud raketalar bilan o‘qqa tutilgani, shrapnellar uchib ketgani, halok bo‘lganlarning tana a’zolari havoda uchganini aytmoqda.

Isroil harbiylaridan hozircha hech qanday izoh berilmagan. So‘nggi bir necha kun ichida G‘azo shahridagi Kamol Advan kasalxonasida kamida 15 bola to‘yib ovqatlanmaslik va suvsizlanishdan vafot etgan.

29 fevral: Isroil askarlari G‘azo janubi-g‘arbida oziq-ovqat yordamini kutayotgan odamlarga qarata o‘t ochishi oqibatida kamida 112 falastinlik halok bo‘ldi va yuzlab odamlar yaralandi. Isroil armiyasi odatdagiday falastinliklar tiqilinch sababli o‘lganini da’vo qildi.

AQSh vise-prezidenti Kamala Harris G‘azo sektorida “zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish”ga chaqirdi

U “zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish”ga chaqirishdan tashqari, Isroilni G‘azo sektoridagi “gumanitar falokat”ni yumshatish uchun yetarli harakat qilmayotganlikda aybladi. Falastin rasmiylariga ko‘ra, 7 oktyabrdan beri Isroilning G‘azoga qarshi urushida 30 400 dan ortiq odam, asosan, ayollar va bolalar halok bo‘ldi.
Manba: www.aniq.uz