softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Zelenskiy polyaklarni haqorat qildi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Zelenskiy polyaklarni haqorat qildi

Batafsil o'qish:

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 3 mart kuni kechki nutqida Ukraina va Polsha chegarasidagi vaziyat axloq doirasidan chiqib ketganini aytib, polshalik namoyishchilarni aybladi. Bu haqda “Daryo” xabar berdi.

Zelenskiy, shuningdek, Polshadagi ichki siyosiy kurashda ikki davlat o‘rtasidagi ziddiyatdan foydalanishni qoralagan. Polsha dehqonlari Ukraina bilan chegaradagi yo‘llar va nazorat-o‘tkazish punktlariga kirish yo‘llarini to‘sib, shuningdek, yuk va temiryo‘l vagonlaridan g‘alla to‘kib, butun mamlakat bo‘ylab norozilik namoyishi o‘tkazmoqda.

Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar Ukraina g‘allasiga qo‘yilgan embargo tufayli sezilarli darajada murakkablashgan. 2023 yil 15 sentyabrda Yevrokomissiya Ukrainaning to‘rt turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini YEIning bir necha chegaradosh mamlakatlariga olib kirishga cheklovlarni uzaytirmaslikka qaror qilgan, biroq Kiyevni eksport nazorati choralarini joriy etishga majbur qilgan. Shundan so‘ng Slovakiya, Vengriya va Polsha hukumatlari taqiqni bir tomonlama uzaytirishlarini e’lon qilgan. Bu masala ustidan Ukrainaning JSTga shikoyatiga javoban YEIning uchta davlati Ukraina bug‘doyi bo‘yicha muvofiqlashtirish platformasi yig‘ilishiga boykot e’lon qilgan edi.






Manba: www.aniq.uz