softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

OPEK+ davlatlari neft qazib olishni qisqartirish muddatini iyun oxirigacha uzaytirdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

OPEK+ davlatlari neft qazib olishni qisqartirish muddatini iyun oxirigacha uzaytirdi

Batafsil o'qish:

Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) davlatlari va uning hamkorlari neft qazib olishni qisqartirishni iyun oyi oxirigacha uzaytirdi. Bu haqda 3 mart, yakshanba kuni Reuters va Bloomberg agentliklari tashkilot delegatlariga tayanib xabar berdi, deya yozmoqda Kun.uz.

Bloomberg tomonidan so‘ralgan treyderlar va tahlilchilar bu harakatni kutgan edi. Mutaxassislar global iste’molning mavsumiy sustligi va OPEK+’dagi ba’zi raqobatchilar, birinchi navbatda, AQShdagi slanes neftini oluvchi korxonalar tomonidan qazib olish keskin o‘sishini qoplash zarur deb hisoblamoqda.

Bosh vazir o‘rinbosari Novak: Rossiya neft yetkazib berishni kuniga 471 ming barrelga qisqartiradi

2023 yil noyabr oyida OPEK davlatlari va ularning hamkorlari ixtiyoriy ravishda birinchi chorakda kuniga 2,2 million barrel qazib olishni qisqartirishga kelishib oldi. Ayni paytda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak Moskvaning ikkinchi chorakda neft qazib olish va eksportini sutkasiga 471 ming barrelga bosqichma-bosqich kamaytirish qarorini e’lon qildi.

Bloomberg ta’kidlashicha, yanvar oyida Qozog‘iston va Eron qisqartirish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmadi, lekin kvotalarga rioya qilishni yaxshilashga va ortiqcha qazib olishni qoplashga va’da berdi. Unga ko‘ra, Rossiya o‘sha oyda xom neft eksportini kuniga 300 ming barrelga qisqartirgan, biroq agentlik neft mahsulotlari yetkazib berishning qisqarishini taxmin qila olmadi.


Manba: www.aniq.uz