BMTni isloh qilish masalasi ko‘rib chiqildi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
BMT Xavfsizlik Kengashida 240 million kishi nomidan ikki, Afrikaning 1,4 milliard aholisi nomidan esa hech kim vakil emas. Bu haqda Uganda tashqi ishlar vaziri Jeje Odongo Antaliyada (Turkiya) bo‘lib o‘tgan 3-diplomatik forumda so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda Azon Global.
Sloveniya Tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi Marko Stusin, o‘z navbatida, Jahon tashkilotini isloh qilish zarurligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyoda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar fonida BMT «stagnasiya» (turg‘unlik) holatida.
Stusin dunyoda ro‘y berayotgan qurolli mojarolarda tobora ko‘proq tinch aholi qurbon bo‘layotganini qayd etdi. Shu bois "tinchlik tomon paradigmani o‘zgartirish zarurligini" ta’kidladi.
BMTning Livan bo‘yicha maxsus koordinatori Joanna Vronekka "mojarolarning oldini olish va ishonchni mustahkamlash uchun innovasion diplomatik yondashuvlar muhimligini" ta’kidladi.
Yadroviy sinovlarni keng qamrovli taqiqlash shartnomasi tashkiloti ijrochi kotibi Robert Floyd, o‘z navbatida, yadroviy qurolsizlanish muhimligini ta’kidladi. U, shuningdek, "zamonaviy yadro qurollarining haddan tashqari kuchiga" e’tibor qaratdi.
BMT bosh kotibining maxsus vakili Ayse Jihan Sultanogluning fikricha, xalqaro tizimni zudlik bilan isloh qilish zarurati bor. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi xalqaro tizimda “mojarolar emas, tinchlik” ustuvor bo‘lishi kerak.
Manba: www.aniq.uz