softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

AQSh hukumati mamlakatga noqonuniy kirgan O‘zbekiston fuqarolarini deportasiya qilinishda davom etadi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

AQSh hukumati mamlakatga noqonuniy kirgan O‘zbekiston fuqarolarini deportasiya qilinishda davom etadi

Batafsil o'qish:

Yakshanba, 3 mart kuni Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonga navbatdagi repatriasiya reysini amalga oshirib, AQShda qolishga qonuniy ruxsati bo‘lmagan O‘zbekiston fuqarolarining katta qismini qaytardi. Bu parvoz O‘zbekiston fuqarolarining AQSH-Meksika chegarasini noqonuniy kesib o‘tishiga qarshi AQSh hukumati tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlarning so‘nggisi hisoblanadi.

"Qo‘shma Shtatlarga noqonuniy migrasiya xavfli va serxarj urinishdir. Biz O‘zbekiston fuqarolarini odamlarni tovar sifatida ko‘radigan jinoiy guruhlar yolg‘on va’dalariga ishonib, jabrdiyda bo‘lishdan ogohlantiramiz. Amerika Qo‘shma Shtatlariga sayohat qilishni xohlovchilarni xavfsiz va qonuniy yo‘llar orqali safar qilishga chaqiramiz", deya yozadi AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi.

AQSh hukumati Qo‘shma Shtatlarda qolish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmagan O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatdan chiqarib yuborish bo‘yicha O‘zbekiston hukumati bilan yaqin hamkorlikni davom ettirmoqda. Qo‘shma Shtatlar o‘z hamkorlari bilan xavfsiz, tartibli va insonparvar migrasiya jarayonlarni tatbiq etgan holda, Qo‘shma Shtatlarda qolish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmaganlarni deportasiya qilish ishlarini davom ettiradi.






Manba: www.aniq.uz