Pokistonda sharros yomg‘ir yog‘moqda
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Pokistonda o‘tgan hafta boshlangan sharros yomg‘ir va kuchli qor yog‘ishi oqibatida 38 nafar inson halok bo‘ldi, 50 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Sinxua” mamlakat hukumati rasmiy manbalariga tayangan holda xabar qildi.
Jala bir necha uyga talafot yetkazgan, yomg‘ir ortidan yuzaga kelgan o‘pirilish, ayniqsa, mamlakat shimoliy-g‘arbidagi Xayber-Paxtunxva muzofotida yo‘lni yopib qo‘ygan. Davom etayotgan qor janubi-g‘arbiy Balujiston viloyati poytaxti Kvetta aholisining odatiy hayotini izdan chiqardi. Aholi elektr energiyasi ta’minotidagi uzilish, oziq-ovqat mahsulotlari yetishmasligi bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda.
Gvadar shahrining ko‘plab tumanlari suv ostida qolgan. Natijada aholiga birinchi galdagi zaruriy vositalar, oziq-ovqat yetkazib berish qiyinlashgan.
Manba: www.aniq.uz