softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Avstriya TIV sobiq rahbari Rossiyaga ko‘chib o‘tdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Avstriya TIV sobiq rahbari Rossiyaga ko‘chib o‘tdi

Batafsil o'qish:

Avstriya sobiq tashqi ishlar vaziri Karin Knaysl Rossiya Federasiyasiga butunlay ko‘chib o‘tganini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda TASS Rossiya davlat agentligi sobiq siyosatchining 3 mart, yakshanba kuni Butunjahon yoshlar festivali doirasidagi nutqiga asoslanib.

«Men Rossiyaga ko‘chib o‘tdim, chunki u haqiqatan ham erkin mamlakat», dedi Knaysl o‘zining ma’ruzalaridan birida. U, shuningdek, qolib yashash uchun «Rossiyaning sharqiy qismida uy qurmoqchi bo‘lgan joyni ko‘zi ostiga olib qo‘yganini» aytdi. «Men shaharda yashaydiganlardan emasman», dedi u.

Avstriya tashqi ishlar vazirligining sobiq rahbari fuqarolik beradigan huquq va majburiyatlar faqat bitta davlat bilan bog‘liq bo‘lishi kerak, deb hisoblab, Rossiya pasportini olishni rejalashtirmayotganini aytdi.

«Fuqarolikni shunchaki o‘zgartirib bo‘lmaydi. Agar shunday qilsam, bitta fuqarolikni tanlash kerak bo‘ladi. Men juda konservativman, lekin bir vaqtning o‘zida ikkita pasportga ega bo‘lish ko‘pxotinlilikda yashash va ikki kishi bilan turmush qurishga o‘xshaydi», - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi TASS.

Ma’lumot uchun, 2018 yil avgust oyida Knayslning to‘yida Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirok etdi va u bilan raqsga tushdi. O‘shanda u ommaviy axborot vositalariga hukumatdagi hamkasblarini va o‘sha paytda Avstriyaga tashrif buyurgan Putinni tadbirga tasodifan taklif qilganini aytdi.


Manba: www.aniq.uz