Somalida yil boshidan buyon o‘nlab odamlar vabodan halok bo‘ldi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Somalida bu yilgi vabo epidemiyasi 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi.
Bu haqda Afrika mamlakati sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi, deb xabar beradi «Report» .
«Joriy yilning yanvar oyidan buyon mamlakatning bir qancha hududlarida vabo epidemiyasi kuzatildi va 3365 ta infeksiya aniqlandi», — deya vazirlik hisobotidan iqtibos keltirgan Sinxua agentligi. Kasallikning episentri mamlakatning markaziy qismidagi Beledueyn shahri hisoblanadi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi vabo tarqalishining sababi toza suv va tegishli sanitariya xizmatlaridan foydalana olmaydigan aholi sonining ko‘payishi ekanligini ta’kidladi.
Manba: www.aniq.uz