softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Italiyada uch qilichboz o‘zbekistonlik 17 yashar sportchi qizni zo‘rlaganlikda ayblanmoqda

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Italiyada uch qilichboz o‘zbekistonlik 17 yashar sportchi qizni zo‘rlaganlikda ayblanmoqda

Batafsil o'qish:

Italiyada uch nafar qilichboz o‘zbekistonlik 17 yashar qilichboz qizni zo‘rlaganlikda ayblanmoqda. Bu haqda Il Messaggero nashriga tayanib "Daryo" xabar berdi.

Hodisa o‘tgan yilning 4—5 avgust kunlari Toskana provinsiyasida sodir bo‘lgan, biroq bu haqda Siyena polisiyasi ishga aralashganidan keyingina ma’lum bo‘ldi. Ayblanuvchilarning ikki nafari hozirda tergov qilinmoqda, uchinchisi voyaga yetmagan. Ayblovlarning jiddiyligiga qaramay, Siyena prokuraturasi darhol tergovni boshlamagan, bu esa yirik xalqaro janjalga sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonlik qilichbozning yuridik vakili ayblanayotgan sportchilarga nisbatan chora ko‘rilmaganidan hafsalasi pir bo‘lganini va uchalasiga ham hech qanday sanksiya qo‘llanilmagani yoki musobaqalardan chetlatilmaganini ta’kidladi. Qizning so‘zlariga ko‘ra, Italiya qilichbozlik federasiyasining (FIS) uch nafar sportchisi uni 2023 yil avgust oyida Italiyaning Kyanchano-Terme provinsiyasidagi sport lagerida zo‘rlagan. Zo‘rlashda ayblangan ikki sportchi Siyena prokuraturasi tomonidan gumonlanuvchi sifatida tergov qilinmoqda. Qizning advokati Luchiano Guidarelli olti oydan beri FISga so‘rovlar yuborib, gumonlanuvchilarni ehtiyot chorasi sifatida musobaqadan chetlashtirishni talab qilmoqda. Advokatning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yilning avgust oyidan beri qiz musobaqa maydonlarida ular bilan ikki marta kesishgan va bu uning “ikkinchi darajali travmasi”ga sabab bo‘lgan.

Bir necha so‘rov yubordim va prezident bilan uchrashish uchun federasiya shtab-kvartirasiga bordim, lekin u meni qabul qilmadi. Men kotib bilan gaplashdim. Prokuraturada tergov davom etmoqda, biroq bironta ham chora belgilanmagan, — deydi Luchiano Guidarelli.

FIS prezidenti Paolo Azzi federasiya bunday hollarda sportchilarni musobaqadan chetlashtirish huquqiga ega emasligini aytmoqda.

Biz qo‘limizdan kelganini qildik, sud tizimini almashtira olmaymiz. Bizda qizil kod ostida bunday og‘ir jinoyatlarni tergov qilish vakolatimiz yo‘q, — dedi prezident.
Manba: www.aniq.uz