softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Turkiyadagi zilzila bir qancha provinsiya aholisiga sezildi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Turkiyadagi zilzila bir qancha provinsiya aholisiga sezildi

Batafsil o'qish:

Turkiya shimoli-g‘arbida kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila mamlakatning bir qancha provinsiyalarida bir vaqtning o‘zida sezilgan.

Turkiya Favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlarni boshqarish agentligi (AFAD) ma’lumotlariga ko‘ra, Istanbul yaqinidagi Chanakkale port shahrida Rixter shkalasi bo‘yicha 4,9 balli zilzila sodir bo‘lgan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila episentri Chanakkale provinsiyasining Yenidje tumanida 10,44 km chuqurlikda joylashgan.

Eng kuchli zilzila Chanakkale ko‘rfaziga kiradigan hududda sezildi. Bu port shahri Kichik Osiyo yarim orolida, Dardanel bo‘g‘ozi sohilida joylashgan bo‘lib, Marmara va Egey dengizlarini bog‘laydi. Bundan tashqari, zilzila Istanbul, Manisa, Bursa kabi ko‘plab yaqin provinsiyalarda ham sezilgan.

Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikayaning aytishicha, hozir vaziyat barqaror. Zilzila qurbonlari yo‘q. Rasmiylar shahardagi binolarni tekshirmoqda.


Manba: www.aniq.uz