softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

G‘azoda 1 million kishida yuqumli kasallik aniqlandi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

G‘azoda 1 million kishida yuqumli kasallik aniqlandi

Batafsil o'qish:

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi 2,3 millionga yaqin falastinlik yashaydigan G‘azo sektorida 1 millionga yaqin yuqumli kasallik holati mavjudligini aytib, BMTni chora ko‘rishga chaqirdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Ashraf al-Qudra yozma bayonotida, Isroilning G‘azoga hujumlari 150 kundan beri davom etayotgani og‘ir vaziyatni yuzaga keltirganini ta’kidladi: «Biz bir millionga yaqin yuqumli kasallik holatini aniqladik, davolash uchun tibbiy muassasalar yo‘q. Bosqinchi Isroil davlati ataylab epidemiyalar va yuqumli kasalliklar tarqalishini qo‘zg‘atmoqda va misli ko‘rilmagan gumanitar va tibbiy ofatni keltirib chiqarmoqda».

U zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, vaziyat yanada og‘irlashishidan ogohlantirib, BMTni «G‘azo xalqini qutqarish uchun chora ko‘rishga» chaqirdi.

Kudraning ta’kidlashicha, Isroil qo‘shinlari shifoxonalar va tibbiyot markazlarini vayron qilmoqda, tibbiyot xodimlarini o‘ldirib, hibsga olmoqda, buning natijasida G‘azo shimolidagi vaziyat ancha yomonlashgan.

2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroil armiyasi G‘azodagi 152 ta tibbiyot muassasasini nishonga olib, 31 kasalxonani ishdan chiqardi.

Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari oqibatida 30 534 falastinlik, jumladan, kamida 13 230 nafar bola va 8 860 nafar ayol halok bo‘ldi, 71 920 nafari yaralandi.
Manba: www.aniq.uz