Rossiyada «nomaqbul tashkilotlar» ro‘yxati kengaytirildi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
4 mart, dushanba kuni Rossiya Adliya vazirligi «nomaqbul tashkilotlar» ro‘yxatini kengaytirdi. Departament veb-saytiga ko‘ra, Germaniyada ro‘yxatdan o‘tgan uchta nodavlat tashkilot (NNT) reestrga kiritilgan.
Ular orasida Germaniya Sharqiy Yevropa tadqiqotlari jamiyati, Fridrix Ebert jamg‘armasi hamda Gender demokratiyasi va tinchlikparvarlik uchun mobil akademiya bor. Ro‘yxatda to‘rtinchi o‘rindan Ukrainada urush boshlanganidan keyin jurnalist Mixail Zigar va kinorejissyor Ilya Xrjanovskiy tomonidan Rossiya tashviqotiga qarshi kurashish maqsadida tashkil etilgan XZ foundation (XZ gGmbH) joy oldi. Ommaviy axborot vositalarida fevral oyi oxirida Davlat dumasi deputati Andrey Lugovoyning qoralashi ortidan u «nomaqbul» deb e’lon qilingani haqida xabar berilgandi.
Qayd etilishicha, nodavlat notijorat tashkilotlari Rossiya Federasiyasi Bosh prokuraturasining 2024 yil 14 fevraldagi qarori asosida ro‘yxatga kiritilgan.
«Nomaqbul tashkilot» faoliyatida ishtirok etganlik uchun ma’muriy javobgarlik 15 ming rublgacha jarima shaklida nazarda tutilgan, takroriy ishtirok etgan taqdirda - to‘rt yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. «Nomaqbul tashkilot» faoliyatini moliyalashtirish yoki tashkillashtirish uchun jinoiy jazo mos ravishda besh va olti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan belgilanadi.
Manba: www.aniq.uz