Qozog‘iston futbol federasiyasining sobiq prezidenti hibsga olindi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Qozog‘iston Antikorrupsiya xizmati mamlakat futbol federasiyasining sobiq prezidenti Yerlan Qojag‘apanov qo‘lga olindi.
Eslatib o‘tamiz, Qojag‘apanov shu kungacha Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Undan oldin Olmaota merining o‘rinbosari bo‘lgan. U korrupsiyada ayblangan.
“Korrupsiyaga qarshi kurash xizmati Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport vazirining sobiq o‘rinbosarining tergovgacha bo‘lgan tergov doirasida og‘ir korrupsiya jinoyatini sodir etishda gumonlanib hibsga olinganini tasdiqlaydi. Ayni damda gumonlanuvchi Olmaota shahar polisiya bo‘limida qo‘lga olingan”, — deyiladi xabarda.
Erlan Qojag‘apanov 2014-2016 yillarda Qozog‘iston futbol federasiyasini boshqargan. U “Astana” professional sport klubi direktori ham bo‘lgan.
Manba: www.aniq.uz