BMT: Netanyaxuning urushdan keyingi G‘azo rejasi barcha umidlarimizga zid
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahuning urushdan keyingi G‘azo rejasi bilan bog‘liq bayonot berdi: «Bu reja G‘azo xalqiga bo‘lgan barcha umidlarimiz va Isroil va Falastin xalqining yonma-yon yashash qobiliyatiga ziddir».
BMT matbuot kotibi Stefan Dyujarrik kundalik matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob berdi.
Netanyaxu rejasining hali vazirlar mahkamasi tomonidan tasdiqlanmaganiga diqqat qaratgan Dyujarrik, BMT yana zudlik bilan otashkesim, gumanitar yordamni oshirish va mahbuslarni shartsiz ozod qilishga chaqirmoqda.
Uning ta’kidlashicha, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish xavfsizlikni ta’minlash zarurligini tushunadi, biroq uzoq muddatda ikki davlat yechimi doirasida yechim topish kerak, deb hisoblaydi.
Buning BMT rezolyusiyalari doirasida amalga oshishi kerakligini ta’kidlagan Dujarrik, BMTning Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam va ishlar bo‘yicha agentligiga (UNRWA) qaratilgan salbiy ritorikadan chuqur xavotirda ekanliklarini qo‘shimcha qildi.
«Bu reja G‘azo xalqiga bo‘lgan barcha umidlarimizga hamda Isroil va Falastin xalqining yonma-yon yashashi ehtimoliga zid», - dedi Dyujarrik Netanyaxuning rejasi haqida.
Manba: www.aniq.uz