Twitterning sobiq top-menejerlari Ilon Maskni sudga berdi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Twitterning to‘rt nafar sobiq top-menejeri kompaniya egasi, biznesmen Ilon Maskni sudga berdi va ularni ishdan bo‘shatganligi uchun 128 million dollardan ko‘proq pul talab qildi, deb yozadi Wall Street Journal.
Kaliforniya federal sudidagi da’vogarlar orasida Twitterning sobiq bosh direktori Parag Agraval, sobiq moliya direktori Ned Sigal, sobiq bosh advokat Vijaya Gadde va sobiq bosh maslahatchi Shon Edjett bor.
Avvalroq Mask ularni ishga befarqlilik va tartib-qoidalarni atay buzgani uchun ishdan bo‘shatgani xabar qilingandi.
Kompaniyaning sobiq xodimlari ayblovlarni rad etadi.
Aytishlaricha, Mask ularni ishdan bo‘shash nafaqasini to‘lamaslik uchun asossiz sabablarga ko‘ra ishdan bo‘shatgan.
Manba: www.aniq.uz