softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Germaniya Rossiyaga safar qilmaslik tavsiyalarini kuchaytirdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Germaniya Rossiyaga safar qilmaslik tavsiyalarini kuchaytirdi

Batafsil o'qish:

Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya uchun sayohat bo‘yicha tavsiyalarni kuchaytirdi va endi Rossiya Federasiyasiga sayohat qilishni «qat’iy» tavsiya etmaydi. O‘zgartirish «vaziyatning davom etayotgan yomonlashuvi» va «o‘zboshimchalik bilan hibsga olishlar sonining ko‘payishi tufayli» amalga oshirildi», deyiladi 6 mart, chorshanba kungi xabarda.

Germaniya Tashqi ishlar vazirligining yangilangan tavsiyalarida Germaniya fuqarolari uchun ham, ikki fuqaroligi bo‘lgan shaxslar uchun ham o‘zboshimchalik bilan hibsga olish xavfi borligi ta’kidlangan. «Germaniya va Rossiyaning ikki fuqarolikka ega fuqarolari hisobga olishlari kerakki, Rossiya hukumati ularni faqat Rossiya fuqarolari deb biladi. Bu Rossiya qurolli kuchlariga ehtimoliy chaqiruv holatlariga ham taalluqlidir. Elchixona ularni konsullik himoyasi bilan ta’minlay olmaydi», - deya Tashqi ishlar vazirligi o‘z saytida ma’lum qildi.

Bundan tashqari, Rossiyada ehtimoliy mitinglar va harakatlar «xavfsizlik kuchlarining zo‘ravonligi» bilan birga keladi, deya eslatadi Germaniya TIV.






Manba: www.aniq.uz