Qozog‘istonda endi davlat xizmatchilari qamoqxonalarga ekskursiya uchun olib boriladi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Korrupsiyaga qarshi kurash xizmati xodimlari davlat xizmatchilarini tergov izolyatorlari bo‘ylab ekskursiyaga olib chiqmoqda, deb yozadi Orda.kz.
Antikor rasmiy vakili Arman Tleukenov mazkur amaliyotni korrupsiyaning oldini olishning yangi usuli deb izohlagan. Uning fikricha, bu xodimlarda to‘g‘ri qadriyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish ongini rivojlantirishga xizmat qiladi.
«Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati xodimlari tomonidan profilaktika maqsadida davlat xizmatchilari uchun tergov hibsxonalariga muntazam ravishda ekskursiyalar tashkil etilmoqda. Profilaktik ekskursiya ishtirokchilariga tergov xonalari, jinoyatchilar uchun kameralar, mahkumlar yurish joylari ko‘rsatiladi», — deydi Arman Tleukenov.
Manba: www.aniq.uz