softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Donald Tramp Jo Baydenni bahsga chorladi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Donald Tramp Jo Baydenni bahsga chorladi

Batafsil o'qish:

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp imkon qadar tezroq prezident Jo Bayden bilan bahslashmoqchi ekanligini aytdi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, ular Amerika xalqi uchun muhim bo‘lgan masalalarni muhokama qilishlari kerak.

“Men har doim va istalgan joyda munozaraga chaqiraman. Javobingizni intiqlik bilan kutaman”, — deb yozdi Donald Tramp Truth ijtimoiy tarmog‘ida.

Jo Bayden jurnalistlarga Trampning “yaxshiroq qiladigan ishi yo‘qligini” aytdi.

"Agar uning o‘rnida bo‘lsam, men ham o‘zim bilan bahslashmoqchi bo‘lardim", dedi AQSh prezidenti.

Baydenning saylovoldi kampaniyasi FoxNews telekanaliga aytishicha, Donald Tramp "e’tibor uchun och qolayotgani" va nomzodlar o‘rtasida kerakli muloqot "tegishli vaqtda" o‘tkaziladi.

Bir kun oldin AQShda «superseshanba» bo‘lib o‘tdi - Demokratik va Respublikachilar partiyalari nomzodlarining eng yirik boshlang‘ich saylovi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, eng ko‘p ovozlarni Jo Bayden va Donald Tramp to‘plagan.
Manba: www.aniq.uz