AQSh elchisi Rossiya TIVga chaqirildi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
AQShning Moskvadagi elchisi Lin Treysi 7 mart kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi.
Vazirlikda unga Rossiyada faoliyat olib borayotgan 3ta amerika nodavlat tashkiloti — “Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlari”, “Madaniy istiqbollar” va “Xalqaro ta’lim instituti” nodavlat tashkilotlari, nomaqbul deb e’lon qilingani haqida xabar berildi.
AQSh elchisiga ushbu tashkilotlar faoliyatini targ‘ib qilishni to‘xtatish va ularning loyihalari ro‘yxatini diplomatik missiya veb-saytidan olib tashlash qayd etilgan nota topshirildi.
Shuningdek, Rossiyaning ichki ishlariga aralashishga urinishlar, elchixona xodimlarini persona non grata maqomida mamlakatdan quvilishiga olib kelishi haqida ogohlantirildi.
Manba: www.aniq.uz