Bugun Shvesiya rasman NATOga a’zo bo‘ldi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Shvesiya 7 mart kuni rasman NATOga qo‘shildi va alyansning 32-a’zosiga aylandi. Bu haqda Oq uy tarqatgan bayonotda aytildi.
5 mart, seshanba kuni ertalab Vengriya Prezidenti Tamash Shuyok Shvesiyaning NATOga a’zoligini ratifikasiya qilish bo‘yicha hujjatni imzoladi. Shunday qilib, Vengriya Shvesiyaning ittifoqqa qo‘shilishiga to‘sqinlik qilib, nihoyat rozi bo‘lgan NATOning so‘nggi a’zo davlati bo‘ldi.
Oq uy Shvesiyaning alyansga kirishi AQSh va uning ittifoqchilari xavfsizligini oshirishini qayd etgan. Unga ko‘ra, NATO dunyo tarixidagi eng qudratli mudofaa ittifoqi hisoblanadi va u 75 yil avval Ikkinchi jahon urushi vayronalari ostida tuzilgan bo‘lishiga qaramay bugungi kunda ham insonlar xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
“Shvesiya 2024 yil 7 martda alyansga rasman qo‘shildi va 32-ittifoqchiga aylandi. Shvesiya bizning qadriyatlarimiz va dunyoqarashlarimizga monand yuqori samarali armiyaga ega kuchli demokratik davlatdir", – deyiladi bayonotda.
Manba: www.aniq.uz