Qozog‘iston Kiyev bilan muzokaralar olib borayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Qozog‘iston Ukraina Qurolli kuchlari ehtiyojlari uchun Rossiya harbiy texnikasi xaridi bo‘yicha Kiyev bilan muzokaralar olib borayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi
Bu haqda Rossiya davlat OAVlari manbalariga tayangan holda xabar bermoqda.
Avvalroq, Ostonada ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalar orqali Su-24 va MiG-29 samolyotlari uchun butlovchi qismlarni Ukrainaga yetkazib berish masalasi muhokama qilinganligi haqidagi xabarlar tarqalgan edi.
"2022 yildan boshlab Qozog‘istondan qurol-yarog‘ va harbiy texnika eksportiga ta’qiq joriy etilgan", — deya ma’lum qildi Qozog‘iston Mudofaa vazirligi vakili.
Manba: www.aniq.uz