Xitoy Yevropaning olti davlati uchun vizasiz rejim joriy etadi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Xitoy hukumati oltita Yevropa davlati fuqarolari uchun bir tomonlama vizasiz rejim joriy qiladi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Butunxitoy xalq vakillari kengashining 14-sessiyasining ikkinchi sessiyasi doirasidagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Xitoy 14 martdan boshlab Shveysariya, Irlandiya, Vengriya, Avstriya, Belgiya va Lyuksemburg uchun vizasiz sinov rejimini joriy qiladi”, — dedi Van I.
Xitoy xitoylik va chet ellik kadrlar almashinuvini osonlashtirish, jumladan, to‘lov xizmatlari sonini ko‘paytirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surishni davom ettiradi, dedi u.
Avvalroq Xitoy hukumati 2023 yil 1 dekabrdan boshlab Yevropa Ittifoqiga a’zo besh davlat: Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Fransiya va Germaniya fuqarolari uchun bir tomonlama vizasiz rejim joriy qilgan edi.
Manba: www.aniq.uz